Erkin kurash bo‘yicha O‘zbekiston delegasiyasi safida 4 ta Olimpiadada ishtirok etib, shularning 3 tasida oltin medalga ega chiqqan Artur Taymazov Rossiya Davlat Dumasi uchun o‘tkazilgan saylovlarda Shimoliy Osetiya okrugida «Edinoy Rossii» vakili sifatida saylandi. Bu haqda "Kun" nashri yozmoqda.
Shimoliy Osetiyada Davlat dumasidagi 1 mandat uchun 7 nomzod kurashgan. 19 sentyabr kuni Artur Taymazov uchun 281 186 ovoz berilgani ma’lum bo‘ldi. Ikkinchi o‘rinni «Spravedlivoy Rossii» partiyasi vakili Gariy Kuchiev (19 623 ovoz), uchinchi o‘rinni esa «Kommunistы Rossii» partiyasi vakili Nugzar Musulbes egallagan (7122 ovoz).
Artur Taymazov 2000 yilgi Sidney Olimpiadasida kumush medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 2004, 2008 va 2012 yilgi Olimpiadalarda oltin medal egasiga aylangan.
Sportchi Osiyo o‘yinlarining uch karra g‘olibi ham hisoblanadi. 2002, 2006 va 2010 yilgi turnirda unga teng keladigan sportchi topilmagan. Jahon Chempionatlarida Taymazovga ikki marta oltin, ikki marta kumush va 1 marta bronza medali nasib qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi