Universal Pictures kinokompaniyasi Apple kompaniyasi asoschilaridan biri bo‘lgan Stiv Jobs haqidagi biografik filmning ilk tizerini taqdim etdi, Film premerasi 2015 yil 9 oktyabrga belgilangan. Bu haqda Meduza'ga asoslanib Daryo.uz xabar bermoqda.
Uolter Ayzekson tomonidan yozilgan Stiv Jobsning tarjimayi holini ekranlashtirish huquqini 2011 yilda Sony Pictures kompaniyasi sotib olgan edi. 2014 yilda Aaron Sorkin ssenariy yozishni tugatgan. Avval rejissyor Devid Fincher, keyin bosh rolni o‘ynashi kutilgan aktyor Kristian Beyl loyihadan ketgach, Sony Pictures film ustida ishlashni to‘xtatgan.
Keyin filmni ishlashga Universal Pictures studiyasi kirishgan. Denni Boyl rejissyorligidagi filmda Stiv Jobs rolini Mett Deymon, Ben Afflek, Leonardo Di Kaprio kabilar o‘ynashi kutilayotgan edi. Yakunda bu rol uchun Maykl Fassbender tanlandi. Stiv Voznyak obrazi esa Set Rogenga topshirildi. Shuningdek, filmda Keyt Uinslet va Jeff Deniels ham ishtirok etadi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi