Fransiya taraqqiyot agentligi (FTA) O‘zbekiston bilan Samarqand shahrida maishiy qattiq chiqindilarni boshqarishni modernizasiya qilish bo‘yicha loyiha doirasida 23,5 mln evro miqdoridagi kredit berilishi to‘g‘risidagi shartnomani imzoladi. Bu haqda Gazeta.uz xabar bermoqda. Mazkur moliyalashtirish O‘rta Osiyo uchun Investision jamg‘arma (IFCA) doirasida beriladigan Evropa Ittifoqining 8 mln evro miqdoridagi subsidiyasi bilan to‘ldiriladi.
19 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan imzolash marosimi O‘zbekiston moliya vaziri Botir Xodjaev, FTA Osiyo davlatlari boshqarmasi boshlig‘i Paskal Pako, Fransiyaning O‘zbekistondagi elchisi Violen Biet de Vilmor xonim, FTAning O‘zbekistondagi vakolatxonasi direktori Rafael Jozan va Evropa Ittifoqining O‘zbekistondagi vakolatxonasi Hamkorlik bo‘yicha boshlig‘i Ovidiu Mik ishtirokida o‘tkazildi.
Loyiha Samarqand shahrida eng ilg‘or tajribalar va jahon andozalariga muvofiq maishiy chiqindilarni samarali va uzoq muddatli yaxlit boshqarishning yaratilishiga qaratilgan. Loyiha chiqindilarni boshqarishning barcha ishlari va barcha zanjirlarini, ularni yig‘ish, qayta ishlash va utilizasiya qilishni moliyalashtirishni qamrab oladi.
Jumladan, 200 ta chiqindi yig‘ish punktlarini qurish va ta’mirlash, 70ta chiqindi yig‘ish transportini xarid qilish, qattiq maishiy chiqindilarni sortirovka qilish markazi va ularni ko‘mish markazini, shuningdek axlatxonada ajraladigan biogazni qayta ishlash bo‘yicha bioreaktor bo‘lib ishlaydigan uskunalarni o‘rnatish belgilangan.
Bundan tashqari, loyiha mutaxassislarni tayyorlash, Samarqand shahar hokimiyatiga va chiqindilarni yig‘ishtirishga ixtisoslashgan «Maroqand Obod» shahar korxonasiga institusional yordam ko‘rsatish, shuningdek aholiga maishiy chiqindilarni boshqarishga taalluqli ma’lumot berish bo‘yicha tadbirlarni o‘tkazishni o‘z ichiga oladi.
Loyiha bo‘yicha ko‘zda tutilgan maishiy qattiq chiqindilarni texnik ko‘mish markazi biogaz ishlab chiqaruvchi bioreaktor sifatida foydalanilib, olingan gaz gaz chiqindilarni yig‘ish transportlariga quyiladi. Mazkur yaxlit loyiha nafaqat O‘zbekistonda, qolaversa butun O‘rta Osiyo mintaqasida birinchi hisoblanadi.
O‘zbekistonda har yili 100 mln tonna sanoat va 35 mln kub metr maishiy qattiq chiqindi hosil bo‘ladi. Hududlarda chiqindilarni yo‘q qilish va qayta ishlash bo‘yicha zamonaviy korxonalar etishmovchiligi sababli mamlakatda 2 mlrd tonna chiqindilar yig‘ilib qolgan.
Fransiya taraqqiyot agentligi (FTA) — bu Fransiya hukumati tomonidan belgilangan rivojlantirish siyosatini amalga oshirib kelayotgan davlat moliya institutidir. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi