PISTA ChAQASIZMI?
Sizga «pashshadan fil yasash» iborasi to‘g‘ri keladi. Chunki kichik muammolarni ham kattalashtirib yuboradigan odatingiz bor. Ustiga-ustak vahimachisiz. Jahlingizni jilovlashni o‘rgansangiz, asabingiz ham taranglashmaydi.
YoNG‘OQLARNI YoQTIRASIZMI?
Ko‘zlagan maqsadingiz yo‘lida har qanday to‘siqni engib o‘ta olasiz. Ammo ba’zi paytlari qat’iyatsizlik kayfiyati yuzaga keladi. Rejalaringizni aniqlashtirib, so‘ng amalga oshirishga kirishsangiz, marra sizniki!
ChIPS, TUZLI PEChENELAR
Juda g‘ayratlisiz. Bir sutkalik uyqungizdan voz kechasiz-u, ammo zimmangizga yuklatilgan vazifani aytilgan muddatda bajarasiz. Shuning uchun ham atrofingizdagilarning ishonchini qozongansiz. Hammasi yaxshiku-ya, biroq sog‘ligingizni ham unutib qo‘ymang-da.
ShIRINLIKLARGA NIMA DEYSIZ?
Kirishimli insonsiz. Notanish davralarda ham o‘zingiz uchun suhbatdosh topa olasiz. Tashqi taraflama muloyim ko‘ringaningiz bilan aslingizni bilib bo‘lmaydi. Shu bois ham goho atrofingizdagilarni esankiratib qo‘yasiz.
YOGURTLAR DENG....
O‘z nuqtai nazaridan boshqasi bilan hisoblashmaydiganlar toifasidansiz. Fe’lingizdagi o‘jarlik o‘zingizga ham pand beradi. Ammo uni tan olishni istamaysiz. «Otdan tushsa ham egardan tushmaydi» qabilida ish tutmang-da, o‘z ustingizda izlaning. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi