Endi siz 50 yoshda bo‘lsangiz ham yo‘qotilgan tishlar o‘rniga o‘zingiz yangisini o‘stira olish imkoniga ega bo‘lasiz. Kolumbiya universiteti professorlarining bu kashfiyoti butun dunyoni hayratga soldi.
Endi yo‘qotilgan tishlarni har qanday yoshda qayta o‘stirish mumkin bo‘ladi. Bu esa sizga turli noqulay implantat va yasama tishlardan xalos bo‘lishingizda yordam beradi.
Implantatlar qo‘yilishi jarayonida og‘riq, noqulayliklar va shamollash kelib chiqishi mumkin. Yangicha tish o‘stirish usulida esa bunday muammolar bo‘lmaydi.
Professor Mao o‘ylab topgan yangi tishni qayta tiklash usulida siz ularni o‘zingiz o‘stirib olaverasiz.
Bu qanday amalga oshiriladi degan savol tug‘ilishi tabiiy. Vrach shunday texnologiya ishlab chiqdiki bu stomatologiyada katta burilish bo‘lishi mumkin. Jeremi Mao tabiiy karkas materialidan tish o‘rniga qo‘yishni amalga oshirdi.
U sinovdagi jonivorning tishning bo‘sh alveolasi o‘rniga shakli tishga juda yaqin karkasni o‘rnatdi. 9 haftadan keyin esa bu jonivorda yangi tishlar o‘sib chiqdi. Mao metodikasiga ko‘ra mijoz jag‘iga kaprolakton va gidroksiapatitdan iborat karkas o‘rnatiladi. Bu karkaslar maxsus usulda tayyorlanadi. Uning tarkibidagi moddalar tish o‘rnidagi kletkalarni o‘sishga majbur qiladi. Bunda eng muhimi tish shaklini to‘g‘ri tanlash va o‘stirishdir. Mao kashfiyotiga ko‘ra siz hech qanday og‘riqsiz yo‘qotilgan tish o‘rnida yangisini o‘stirib olishingiz mumkin.
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Prezident Mirziyoyev Moskva paradidagi ishtirokidan so‘ng Toshkentga qaytdi
Hindiston aeroportida ikki nafar o‘zbekistonlik 5 kilo oltin bilan ushlandi
Belarus ayollar ittifoqi raisi: Belarus va O‘zbekiston ayollari o‘rtasida azaldan do‘stona munosabatlar mavjud
Qirg‘iziston-Tojikiston davlat chegarasida otishma sodir bo‘ldi
Rossiya yana bir bor Ukraina bo‘ylab yopirilma zarbalar yo‘lladi
Isroil rasmiysi: “Isroil urushni to‘xtatmaydi”
“Barselona”da yangi mojaro boshlandi