12:00 / 08.05.2024
177

Hindiston aeroportida ikki nafar o‘zbekistonlik 5 kilo oltin bilan ushlandi

Hindiston aeroportida ikki nafar o‘zbekistonlik 5 kilo oltin bilan ushlandi
Foto: Twitter / Delphi Customs
Hindistondagi Indira Gandi xalqaro aeroportida 5000 gramm oltinni noqonuniy ravishda olib o‘tmoqchi bo‘lgan ikki nafar o‘zbekistonlik to‘xtatib qolindi. Bu haqda Dehli Bojxona xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Dubaydan kelgan ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi aeroport bojxona ko‘rigidan o‘tkazilgan. Natijada ular 3,16 million rupiylik (37,8 ming dollar) oltinni noqonuniy olib kirishga uringani aniqlangan.

Fuqarolar Bojxona xodimlari tomonidan qo‘lga olingan. Ayni vaqtda tergov harakatlari olib borilmoqda.

2023 yil aprel o‘rtalarida Hindistonda Indira Gandi aeroportidan 3,2 kilogramm oltinni noqonuniy olib o‘tmoqchi bo‘lgan o‘zbekistonlik erkak ushlangan edi. O‘zbekiston fuqarosi Dubay reysini amalga oshirish uchun Chandigarh aeroportiga qochib ketgan payti qo‘lga tushgan. Avgust oyida esa Hindiston aeroportida sakkiz nafar o‘zbekistonlik 5 kilo tilla zanjirlar bilan qo‘lgan tushgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Hindiston aeroportida ikki nafar o‘zbekistonlik 5 kilo oltin bilan ushlandi