Bugungi HTC kompaniyasi o‘zining Vivo VR nomli garniturasi bilan virtual reallik bozoridagi eng muhim brendlardan hisoblanadi. Biroq, tan olib aytish kerak, ushbu soha mijozlar kutganidan ham ancha sekin sur’at rivojlanib bormoqda. Shuning uchun bo‘lsa kerak 2016 yil oktyabr oyi holatiga ko‘ra HTC jami 140 000 dona Vivo VR-garnituralari sotishga muvaffaq bo‘lgan, xolos. Virtual reallikka mo‘ljallangan materiallarni yaratish va ularni ko‘paytirish maqsadida HTC kompaniyasi Vive Studios nomli studiya ochishi haqida ma’lum qildi, deb yozmoqda Terabayt.uz sayti.
Virtuallik reallik yo‘nalishi bo‘yicha Tayvan kompaniyasining vise-prezidenti Joel Bretonning qayd etishicha, studiya tomonidan ishlab chiqiladigan kontentlar, avvalambor, 360 gradusli videolardan iborat bo‘ladi.
Vive Studios hozirda 2 Bears studiyasi bilan hamkorlikda Arcade Saga deb atalgan o‘zining birinchi mahsuloti ustida ishlashni boshlab yuborgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi