7 778
Tadbirkorlik sub’ektlarini internet orqali davlat ro‘yxatidan o‘tkazish masalasi muhokama qilindi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Axborot va kommunikasiya texnologiyalari masalalari qo‘mitasi va Savdo-sanoat palatasi hamkorligida «Internet orqali tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va ruxsat etuvchi hujjatlarni topshirish tizimini takomillashtirish va soddalashtirish» mavzuida davra suhbati tashkil etildi. Bu haqda Terabayt.uz yozmoqda.
Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, vazirlik va idoralar mas’ul xodimlari, huquq va axborot texnologiyalari sohasi mutaxassislari, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Parlament quyi palatasining Axborot va kommunikasiya texnologiyalari masalalari qo‘mitasi raisi I. Abdullaev, Savdo-sanoat palatasi raisi A. Shayxov va boshqalar tadbirda chiqish qildi.
Davra suhbatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev 2016 yil 5 oktyabrda imzolagan «Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmon ijrosi doirasidagi vazifalar muhokama etildi.
Tadbirda tadbirkorlik sub’ektlarini internet orqali davlat ro‘yxatidan o‘tkazish jarayonlarini tartibga soluvchi qonunchilikni yanada takomillashtirishga doir takliflar bildirildi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Prezident Mirziyoyev Moskva paradidagi ishtirokidan so‘ng Toshkentga qaytdi
O‘zbekiston muftiysiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Tojikiston va AQSH terrorchilar harakatini kuzatish tizimini joriy etadi
Si Szinpin Makronni omma oldida e’tibordan chetda qoldirdi
Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarda kvotalar qisqartiriladi
TikTok AQSH hukumatini sudga berdi
AQSH elchisi: “O‘zbekiston prezidenti aql bovar qilmaydigan ishlarni amalga oshirdi”