06:00 / 11.05.2024
468

Tishlarni qachon yuvgan ma’qul: nonushtadan avvalmi yoki keyin?

Tishlarni qachon yuvgan ma’qul: nonushtadan avvalmi yoki keyin?
Foto: iStock
Bolalikdan bizga tishlarimizni uyqudan avval va nonushtadan so‘ng yuvish lozimligi uqtirib kelingan. Mantiqan o‘ylab qarasak, shunday qilish mutlaqo to‘g‘ridek ko‘rinadi. Tibbiyot va fan-texnika taraqqiy etgani sari yangi tadqiqotlar eski qoidalarga zid bo‘lgan xulosalarni taqdim etmoqda.

Xususan, AQSHning Nyu-York shtatida joylashgan Rochester universiteti tibbiyot markazi tadqiqotlariga ko‘ra, shakarli mahsulot iste’mol qilgandan so‘ng, og‘iz bo‘shlig‘idagi bakteriyalar ovqatdan keyin 20 daqiqa ichida tish emaliga hujum qiladigan kislotalarni ishlab chiqaradi.

Mayo klinikasi bunga qo‘shimcha qilgan holda quyidagi xulosaga keldi: tarkibida kraxmal miqdori yuqori bo‘lgan kartoshka va chips mahsulotlari ham tishlar emalini yemiradi va emalda kislotalar ko‘payishiga sababchi bo‘ladi.

Foto: iStock
Kislotalar ta’sirida bir oz yumshab qolgan emal ovqatdan keyin 20 daqiqa ichida zaif holatga keladi Agar siz ushbu davrda tish pastasi va cho‘tka bilan tishlarni tozalasangiz, emalga zarar yetkazasiz.

Shu sababli tishlarni yuvish uchun eng yaxshi payt bu nonushtadan avval va uyqudan avvalgi vaqt hisoblanadi. Bunday yondashuv bir qator afzalliklarga ega: kechasi kamroq so‘lak ishlab chiqarilib, og‘izda bakteriyalar to‘planishiga olib keladi. Shuning uchun uyg‘ongandan so‘ng darhol tishlarni yuvish bakteriyalardan xalos qiladi.

Agar kun davomida tishlarni yuvish zarurati tug‘ilsa, ularni ovqatdan so‘ng 60 daqiqada o‘tgach tozalash lozim.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Tishlarni qachon yuvgan ma’qul: nonushtadan avvalmi yoki keyin?