Rossiya Federasiyasi Shimoliy dengiz floti tarkibidagi «Admiral Kuznesov» aviatashuvchi kemasini O‘rta er dengizining Suriya sohillariga safarbar etdi. Uni bir nechta jangovar qo‘riqchi kemalar kuzatib boradi. Bu haqda «Interfaks» ga asoslanib «Kun.uz» xabar bermoqda.
«Admiral Kuznesov kreyseri etakchiligidagi korabllar guruhi uzoq safarga chiqmoqda», — degan manba.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyaning yagona avianosesi mamlakat HDFning O‘rta er dengizidagi doimiy birikmasi tarkibiga borib qo‘shiladi.
Agentlikning qayd etishicha, ushbu safar 4-5 oy davom etadi. «Admiral Kuznesov»ning bortida eng yangi MiG-29KR va MiG-29KUBR qiruvchi hamda Su-33 samolyotlari bor. Bundan tashqari, kreyser uchun Ka-52K «Katran» (Ka-52 «Alligator»ning kema namunasi) jangovar vertolyotlari ham hozirlab qo‘yilgan.
Hozirda, O‘rta er dengizida Rossiyaning 10ga yaqin kemasi mavjud.
Avvalroq, harbiy ekspert, iste’fodagi general-polkovnik Leonid Ivashov «Interfaks»ga bergan intervyusida, Rossiya o‘zining yangi tarixida birinchi marta kemadagi aviasiyasidan mashg‘ulotlarda emas, jangovar holatda foydalanishini aytgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?