16:33 / 15.09.2017
9 209

Qozog‘iston O‘zbekistonga Lada XRay eksport qiladi

Qozog‘iston O‘zbekistonga Lada XRay eksport qiladi
Avvalroq, Qozog‘iston Respublikasi prezidenti Nursulton Nazarboyev 16 sentyabr kuni O‘zbekistonga tashrif buyurishi haqida xabar bergan edik.

Nursulton Nazarboyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan ikki tomonlama munosabatlarning istiqbollari yuzasidan muzokara olib borishi hamda rasmiy tashrif doirasida O‘zbekiston–Qozog‘iston biznes forumi o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi.

Toshkentda O‘zbekiston–Qozog‘iston tadbirkorlarining biznes forumi o‘z ishini boshladi.

Qozog‘iston avtomobil sanoati vakillari “Aziya avto” AJ prezidenti Yerik Sagimbayev va “KazAvtoProm” ittifoqi direktorlar kengashi raisi Daulet Bakbergenlar forumda ishtirok etmoqda.

Forum doirasida ko‘rgazma tashkil etilishi ko‘zda tutilgan. Ushbu forum va ko‘rgazmalarning asosiy mehmonlari sifatida ikki mamlakat prezidentlarining ishtiroki kutilmoqda.

“Aziya avto” zavodi tomonidan Ekspomarkaz hududida LADA brendiga tegishli beshta model namoyish etilishi rejalashtirilmoqda. Ular Vesta CNG, XRay, Largus, Granta va 4x4 Urban avtomobillaridir.

Ushbu forumda tadbirkorlar O‘zbekiston bozoriga Qozog‘istonda ishlab chiqarilgan avtomobillarni yetkazib berish bo‘yicha muzokaralar olib borishi aytilmoqda.

Manba: qalampir.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Qozog‘iston O‘zbekistonga Lada XRay eksport qiladi