Volvo XC40 krossoveri Yevropada yil avtomobili nomiga sazovor bo‘ldi. Shvetsiya markasi ushbu mukofotni ilk bor qo‘lga kiritdi. To‘plangan ovoz natijalari Jenevadagi avtosalonning boshlanishidan oldin e’lon qilindi, deb yozmoqda “Daryo”.
Volvo XC40 krossoveri 325 ta ovoz to‘pladi. Undan keyingi o‘rinni Seat Ibiza 242 ovoz bilan, uchinchi o‘rinni BMW 5 226 ta ovoz bilan band etdi. Shuningdek, nomzodlar ro‘yxatidan Kia Stinger (204 ball), Citroen C3 Aircross (171 ball), Audi A8 (169 ball) hamda Alfa Romeo Stelvio (163 ball) joy oldi.
Volvo XC40 ommaviy ravishda o‘tgan yilning sentyabrida Milandagi tadbirda namoyish etilgandi. Ushbu krossover Shvetsiya markasining CMA platforma moduli asosida yaratilgan ilk modelga aylangan edi.
Volvo XC40 krossoveriga Drive-E oilasiga mansub to‘rt silindrli D4 dizel va T5 benzinli dvigateli o‘rnatilgan. Birinchi motorning quvvati 190 ot kuchiga, ikkinchisiniki — 254 ot kuchiga teng. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi