Xitoyda Chevrolet Lova RV universalining yangi modifikasiyasi sotila boshladi, deb yozadi «Daryo». Modelning alohida versiyasini multfilm qahramoni Mikki Maus sharafiga Mickey deb atashdi.
Chevrolet Lova RV’ning yangicha varianti Disney kompaniyasining Xitoydagi bo‘linmasi bilan hamkorlikda ishlab chiqildi. Mickey modifikasiyasining tashqi ko‘rinishi standart universaldan kapoti va orqa oynasiga yopishtirilgan Mikki Maus quloqlari yorlig‘i, sariq rangdagi tashqi oynalari kabilar bilan farq qiladi. Yangi avtomobilga, shuningdek, qora-qizil interer o‘rnatildi.
Maxsus versiyani to‘rt tezlikli avtomatik uzatish qutisi bilan sotib olish mumkin. Yangi modifikasiyaning narxi 99 900 yuan (14 300 dollar)dan boshlanadi. Oddiy universalning narxi esa 74 900 yuan (10700 dollar)dan boshlanadi. Chevrolet Lova RV Xitoydan tashqarida sotilmaydi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi
AQSHda erkak xotinini pichoqlab, uni tiriklayin ko‘mdi, ayol esa tirik...
Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi
Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi
Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi
Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi
Yevropa Ligasi. “Bayer” safarda “Roma”ni taslim etdi, “Marsel” esa “Atalanta” bilan durang o‘ynadi