
Futbol bo‘yicha Yevropa Ligasi yarim finalining dastlabki o‘yinlari 2 may, payshanba kuni bo‘lib o‘tdi.
“Bayer” yarim finalda “Roma”ga qarshi bahs olib bordi. Uchrashuvning 28-daqiqasida Virs hisobni ochdi. 73-daqiqada esa Andrix nemis jamoasining ikkinchi goliga mualliflik qildi. Shu tariqa Xabi Alonso shogirdlari javob o‘yinidan oldin o‘ziga yaxshi imkoniyatni yaratib oldi.
Yevropa Ligasi
1/2 final
2 may, payshanba
“Roma” — “Bayer” 0:2
Gollar: 0:1 – 28 Virs, 0:2 – 73 Andrix.
“Roma”: Svilar, Karsdorp (Anxelino, 62), Smolling, Manchini, Spinassola, Paredes (Baldansi, 79), Kristante, Pellegrini, ash-Shaaravi, Dibala, Lukaku (Azmun, 79).
“Bayer”: Kovarj, Stanishich, Ta, Tapsoba, Inkapie, Grimaldo, Frimpong, Jaka, Andrix, Virs (Hofmann, 77), Adli (Tella, 77).
Ogohlantirishlar: Ta (16), Pellegrini (30), Spinassola (74), Jaka (74), Andrix (76), Kristante (77).
Yarim finalning boshqa o‘yinida esa “Marsel” “Atalanta”ga qarshi qarshi o‘ynadi. Uchrashuvda 1:1 hisobidagi durang qayd etildi. Fransuz klubi safida Mbemba gol urgan bo‘lsa, “Atalanta” tarkibida Skamakka o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi.
“Marsel” — “Atalanta” 1:1
Gollar: 0:1 – 11 Skamakka, 1:1 – 20 Mbemba.
“Marsel”: Lopes, Kloss (Merlen, 65), Mbemba, Murilo (Unai, 72), Balerdi, Kondogbia, Veretu, Xarit (Ndiay, 72), Luis Enrike, Sarr (Pemi, 65), Obameyang.
“Atalanta”: Musso, Zappakosta (Hatebur, 84), Jimshiti, Kolashinas (Pashalich, 17), Skalvini, Rujeri, de Ron, Kopmeyners, Ederson, de Ketelare (Miranchuk, 84), Skamakka (Lukman, 59).
Ogohlantirish: Balerdi (69).
Yarim finalning javob bahslari 9 may sanasida bo‘lib o‘tadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar