21 mart kuni Toshkent shahrining Yunusobod tumanida yuz bergan YTH oqibatida ayol kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Kun.uz xabar berdi.
Yo‘l-transport hodisasi Bodomzor ko‘chasidagi “Musafo” kafesi yonida ro‘y bergan. “Neksiya” avtomashinasining 30 yoshli haydovchisi ikki piyodani urib yuborgan, ular 7-sonli shahar klinik shifoxonasiga olib ketilgan. Piyodalardan biri – ayol kishi olgan tan jarohatlari sababli hayotdan ko‘z yumdi.
“Neksiya” avtomobili Qashqadaryo viloyatida ro‘yxatdan o‘tgan. Haydovchining o‘zi esa Toshkentning Uchtepa tumanida ro‘yxatda turadi. Ushbu holat bo‘yicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
Yetti nafar o‘zbekistonlik mehnat muhojiri Qozog‘istondan chiqarib yuborildi
Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda
Si Jinping Ukrainada tinchlik o‘rnatish bo‘yicha Parij bilan hamkorlikka tayyorligini bildirdi
Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor"