09:43 / 11.12.2019
6 024

«Malibu» va «Tracker»ga chegirmalar e’lon qilindi

«Malibu» va «Tracker»ga chegirmalar e’lon qilindi
«UzAuto Motors» kompaniyasi Yangi yil aksiyasini e’lon qildi. Unga ko‘ra, 11 dekabrdan 22 dekabrga qadar respublikamizning barcha avtosalonlarida «Malibu» va «Tracker»ni chegirmalar asosida xarid qilish mumkin.

Mazkur aksiya doirasida mijoz tanlagan modeli uchun 100 foiz to‘lov amalga oshirgan taqdirda «Malibu»ga 5 foiz hamda «Tracker» uchun 10 foiz chegirmaga ega bo‘ladi.

Aksiyada Malibu-2 LT 1,5 Turbo, shuningdek, Tracker LT A/T va M/T opsiyalari ishtirok etadi.
Narxlar quyidagicha:

Malibu-2 LT 1,5 Turbo – 265 000 000 so‘m
Tracker LT A/T – 199 000 000 so‘m
Tracker LT M/T – 170 000 000 so‘m

Qayd etilishicha, aksiyaga qo‘yilgan avtomobillar soni chegaralangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » «Malibu» va «Tracker»ga chegirmalar e’lon qilindi