date

«Oreshnik» Belarusda joylashtirildi: raketa jangovar navbatchilikka kirdi

«Oreshnik» Belarusda joylashtirildi: raketa jangovar navbatchilikka kirdi

Rossiya Mudofaa vazirligi 30 dekabr kuni «Oreshnik» raketa majmuasi Belarus hududida jangovar navbatchilikka qo‘yilganini rasman ma’lum qildi. Vazirlikning Telegram sahifasida ushbu qurol tizimi aks etgan video ham e’lon qilindi. Rossiya axborot agentliklari RIA “Novosti” va TASS ma’lumotlariga ko‘ra, videolavhada «Oreshnik» ilk bor ochiq namoyish etilgan.

Rasmiylar raketa majmuasining aniq joylashuvi haqida ma’lumot bermadi. Biroq ilgari bir qator harbiy tahlilchilar sun’iy yo‘ldosh tasvirlariga tayanilib, «Oreshnik» Belarus sharqida joylashgan Krichev shahri atrofida bo‘lishi mumkinligini taxmin qilgan edi. Mazkur hudud Minskdan taxminan 300 kilometr, Ukraina chegarasidan esa 180 kilometr masofada joylashgan.

Belarus rahbari Aleksandr Lukashenko 10 dekabr kuni Rossiyadan mamlakat hududiga “o‘nlab” taktik yadroviy jangovar qismlar olib kirilganini ma’lum qilgan. Uning ta’kidlashicha, «Oreshnik» raketalari sovet davrida strategik yadroviy qurollar joylashtirilgan maxsus maydonlarga o‘rnatiladi. Lukashenko Belarusda bunday obyektlar taxminan 30 ta ekanini qayd etgan.

Belarus rahbari bu qarorni tajovuz sifatida emas, balki mintaqada kuchayib borayotgan xavf-xatarlar va zamonaviy tahdidlarga javob chorasi sifatida baholagan.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya prezidenti Vladimir Putin 2024 yil 21 noyabr kuni Ukrainadagi Dnipro shahriga yadroviy bo‘lmagan gipertovushli ballistik raketa zarbasi berilganini ma’lum qilgan va bu amaliyotda eng yangi o‘rta masofali «Oreshnik» tizimi qo‘llanganini aytgan edi. Rossiya tomoniga ko‘ra, ushbu raketaning uchish masofasi 1000 kilometrdan 5500 kilometrgacha yetadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » «Oreshnik» Belarusda joylashtirildi: raketa jangovar navbatchilikka kirdi