date

2026 yildan boshlab ayrim fuqarolar tunda parkovka uchun pul to‘lamaydi

2026 yildan boshlab ayrim fuqarolar tunda parkovka uchun pul to‘lamaydi

2026 yil 1 fevraldan boshlab Toshkent shahrida pulli yo‘lbo‘yi avtoturargohlariga yaqin hududlarda yashovchi fuqarolar uchun yangi qulaylik joriy etiladi. Endilikda bunday hududlarda istiqomat qiluvchi avtomobil egalari rezident avtoturargoh ruxsatnomasi orqali tungi vaqtda parkovkadan bepul foydalanish imkoniga ega bo‘ladi.

Yangi tartibga ko‘ra, rezident ruxsatnomasi — bu “elektron hukumat” tizimida shakllantiriladigan maxsus elektron yozuv bo‘lib, u belgilangan pulli avtoturargohlarda transport vositasini joylashtirish huquqini beradi. Rezidentlar safiga pulli parkovkalar joylashgan hududlarda yoki ularga tutash mahallalarda yashovchi, uy-joyga mulk huquqiga ega yoki mulkda ulushi mavjud bo‘lgan avtomobil foydalanuvchilari kiritiladi.

Ruxsatnoma asosida avtomobilni soat 20:00 dan 08:00 gacha mutlaqo bepul to‘xtatib turish mumkin bo‘ladi. Kunduzgi vaqtlarda esa parkovkadan amaldagi tariflar asosida, ammo imtiyozli shartlarda foydalanish nazarda tutilgan.

Shuningdek, rezident ruxsatnomasi 1 yil muddatga beriladi va uning yillik to‘lovi 1 BHM, ya’ni hozirgi hisob-kitoblarga ko‘ra 412 ming so‘m etib belgilangan. Har bir manzil bo‘yicha ko‘pi bilan 2 ta ruxsatnoma rasmiylashtirish mumkin bo‘ladi. Arizalarni esa Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali topshirish rejalashtirilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Avto » 2026 yildan boshlab ayrim fuqarolar tunda parkovka uchun pul to‘lamaydi