
O‘zbekistonda ekologik avtomobillarni rivojlantirish bo‘yicha besh yillik dastur amalga oshiriladi. Prezident Shavkat Mirziyoyev 26-dekabr kuni Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga qilgan murojaatnomasida mahalliy elektromobillarga 12 foizli, xorijiy elektromobillarga esa 16 foizli avtokreditlar ajratilishini ma’lum qildi.
Elektromobillarni quvvatlash stansiyalarini tashkil etish uchun tadbirkorlarga 10 foizli imtiyozli kreditlar beriladi va yerlarni auksiondan ikki karra arzon narxda sotib olish imkoniyati yaratiladi. Shuningdek, quvvatlash stansiyalarida 1 kilovatt-soat elektr energiyasi narxining 300 so‘mdan oshgan qismi davlat hisobidan qoplanadi.
Dastur doirasida elektromobillarda taksi xizmati ko‘rsatadigan fuqarolarga ham bir qator imtiyozlar taqdim etiladi. Shu bilan birga, 2025-yil oktyabr oyida ikkilamchi bozorda elektromobillar sotuvi 15 foizga oshgani qayd etildi.
Prezident shuningdek, Andijon bilan Qo‘ng‘irot, Toshkent bilan Termiz, Samarqand bilan Shahrisabz va Olot bilan Sariosiyo o‘rtasidagi 4 ming kilometr uzunlikdagi magistral yo‘llar xalqaro talablar asosida xalqaro standartlarga mos avtomobil yo‘llarga aylantirilishini ma’lum qildi. Bu yo‘llar transport tizimini rivojlantirish va elektromobillarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.