date

Yangi yil bayrami arafasida bola huquqi ta’minlandi

Yangi yil bayrami arafasida bola huquqi ta’minlandi

Aliment — bu ota-onaning farzand oldidagi qonuniy va ma’naviy majburiyati bo‘lib, u, avvalo, bolaning munosib yashashi, ta’lim olishi va sog‘lom kamol topishi uchun xizmat qiladi. Shu ma’noda, aliment undiruvini ta’minlash bola huquqlarini himoya qilishning muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Majburiy ijro byurosining Bektemir tuman bo‘limi ish yurituvida FIB Marg‘ilon tumanlararo sudining 18.06.2014-yildagi ijro varaqasiga asosan, qarzdor A.Yu.dan undiruvchi X.I. foydasiga daromadining 1/4 qismi miqdorida aliment undirish to‘g‘risida ijro hujjati mavjud bo‘lgan.Qarzdor A.Yu. bir necha bor ogohlantirilganiga qaramasdan, 2020-yil 1-yanvardan 2025-yil dekabr oyiga qadar aliment to‘lashdan bo‘yin tovlab kelgan. Natijada, 01.12.2025-yil holatiga aliment qarzi 70 453 131 so‘mni tashkil etgan.

Qarzdorlikni undirish maqsadida, 2025-yil 19-dekabr kuni qarzdorga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 47⁴-moddasi asosida javobgarlik masalasini ko‘rib chiqish uchun hujjatlar sudga yuborilgan.

Sud tomonidan berilgan muddatdan so‘ng, qarzdor jazodan qochish uchun emas, balki o‘z majburiyatini bajarish yo‘lini tanlab, 5-yil davomida to‘plangan aliment qarzini to‘liq qopladi.

Shu tariqa, Yangi yil bayrami arafasida bolaning qonuniy huquqi tiklanib, undiruvchi X.I. foydasiga 70 453 131 so‘m aliment qarzi to‘liq undirib berildi. Mazkur holat aliment to‘lash — bu jazodan qochish emas, balki farzand oldidagi mas’uliyat ekanini yana bir bor eslatadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Yangi yil bayrami arafasida bola huquqi ta’minlandi