Qaysi mashina ikki yillik foydalanishdan so‘ng buzilishni boshlaydi? Qaysi avtomobil 10 yil xizmat qilib beradi? Buni anglash uchun TÜV nemis texnik nazorat assotsiatsiyasi mutaxassislari eng ishonchli va ishonchsiz mashinalarning reytingini tuzdi.
«Forbs» nashrining yozishicha, avtoulovlarning ishonchsizlik reytingi 9 milliondan ortiq foydalanilgan mashinalarni tekshirish natijasida tuzilgan. 4-5 yil va 6-7 yillik mashinalar toifasidagi eng ishonchsiz avtomobil Chevrolet Spark bo‘ldi.
TÜV mutaxassislari Chevrolet Sparkda tormoz tizimi va yurish qismi bilan bog‘liq muammolarga duch keldi. Bundan tashqari, ushbu model dvigatel moyini ko‘p iste’mol qilishi aniqlandi.
Korpusining zanglashga chidamliligi Chevrolet Sparkning yagona afzalligi deb topildi.
Chevrolet Matiz esa 8-9 va 10-11 yillik mashinalar toifasidagi eng ishonchsiz avtomobilga aylandi.
Osma tizimning yaxshi emasligi, tutun chiqaruvchi quvurning zanglab ketishi va moyning ko‘p ishlatilishi... TÜV mutaxassislari bularning barchasini ushbu rusumdagi avtoulovlarni tekshirganda ko‘rdi. 10-11 yoshli avtomobillar toifasida Chevrolet Matiz ishonchliligi bo‘yicha oxirgi o‘rinni Dacia Logan I bilan bo‘lishib oldi.
Ushbu mashinalarni tekshirish paytida mutaxassislar prujina va amortizatorlarning muhim nosozliklarini aniqlay olmadi. Shunga qaramay, boshqa barcha qismlarning holati yuzasidan Dacia Logan I va Chevrolet Matiz reytingning eng quyisidan joy olgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi