16:03 / 13.11.2017
7 415

Yilning eng shov-shuvli “ART HOUSE” loyihasi start oldi

Yilning eng shov-shuvli “ART HOUSE” loyihasi start oldi
Tadbir avvalida “O‘zbekkino” Milliy agentligi Bosh direktori Furqat Zokirov, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi raisi o‘rinbosari Kamoliddin Beknazarov, Yosh kinoijodkorlar kengashi raisi Oybek Abdushukurov so‘zga chiqib, o‘zbek kinosidagi yangilanishlar, davlatimizning yosh kinoijodkorlarga bo‘lgan yuksak ishonchi, yoshlarning esa mana shu ishonchga loyiq bo‘lishlari zarurati aytib o‘tildi.

Taqdimot marosimida Kengashning eng yirik loyihasi bo‘lgan “ART HOUSE” haqida ma’lumot berilib, loyihaning birinchi faslida faoliyat olib boradigan rejissyorlar Jahongir Qosimov, Rashid Malikov, Rustam Sa’diyev, Yolqin To‘ychiyev, Ayub Shahobiddinov sahnaga taklif etildi.

Ular loyihaning ahamiyati haqida gapirib, yosh kinoijodkorlarga o‘zlarining aktyor, operator, dramaturglardan iborat guruhlarini tanishtirib o‘tishdi.

Yosh nomlar, g‘oyalar, iste’dodlarni kashf etishda “Ustoz va shogird” an’analarini rivojlantirishga qaratilgan mazkur loyiha — yilning eng shov-shuvli loyihasi bo‘lishi kutilmoqda.

Shuningdek, tadbirdan Kengash tomonidan suratga olinishi rejalashtirilayotgan “Gildiya” tok-shousi, tashkilot sayti hamda “PROlogue” yosh kinoijodkorlarning qisqa metrajli filmlari festivalidan o‘rin olgan pitching taqdimoti o‘rin oldi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Yilning eng shov-shuvli “ART HOUSE” loyihasi start oldi