Rossiya prezidenti Vladimir Putin Federasiya kengashi va Davlat dumasi, ikki palataning sohalar bo‘yicha qo‘mitalari rahbariyatlari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda parlament faoliyati yil yakunlari, keyingi yilga qonunchilikni rivojlantirish va takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi.
Rossiya liberal-demokratik partiya etakchisi Vladimir Jirinovskiy uchrashuvdagi chiqishida sobiq vatandoshlar tomonidan Rossiya fuqaroligi olinishi muammosiga e’tibor qaratdi.
"Biz o‘ziga vatandoshlarini qo‘ymaydigan yagona davlatmiz. Vengriyada va Isroilda etnik vengrlar, etnik yahudiylarga aeroportdayoq pasportlar topshiriladi. Ruslar, Rossiya esa o‘z fuqarolarini siqib chiqaradi. Hozirda bizda 200 mln fuqaro bo‘lardi, biroq migrasion xizmat sabotaj bilan shug‘ullanadi va ruslar 8 yil davlatimiz bo‘ylab yurib ham pasport ololmaydilar. Bu erda tartib o‘rnatish kerak", deb aytgan Jirinovskiy.
"Biz tuzatishlar, tuzatishlar kiritaveramiz. Bitta qonun qabul qilish kerak va zudlik bilan barcha davlatlardagi: Kievda, Toshkentda, Bokudagi ruslarga Rossiya pasporti berish kerak va o‘zimizda ularni qiynamaslik kerak", deb aytgan siyosatchi.
Putin bunday tuzatmalarga rozi ekanligini aytgan.
"Vladimir Volfovichning vatandoshlarimiz haqidagi so‘zlariga qo‘shilaman. Rossiya fuqaroligini olishni soddalashtirish kerak. Bunga roziman. Yagona muammo, odatdagidek, uy-joy, ish, ijtimoiy ta’minot va hududlar bo‘ylab taqsimlash bilan bog‘liq masalalardir. Siz o‘zingiz qishloqqa borilsa yaxshi bo‘lardi, deb aytdingiz. Biroq u erlarga bormaydilar, mana gap nimada, ular Moskvaga, Peterburgga boradilar. Mana muammo nimada. Bu oson ish emas, biroq juda to‘g‘ri va olijanob ishdir. Men bu bilan bor g‘ayrat bilan shug‘ullanish kerakligiga roziman", deb aytdi Putin. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?