G7 mamlakatlari TIV rahbarlari Italiyaning Lukka shahrida yig‘ilishadi

  • 10 aprel 2017, 11:04
  • 4 186
  • Dunyo
  • G7 mamlakatlari TIV rahbarlari Italiyaning Lukka shahrida yig‘ilishadi
    Italiyaning Lukka shahri o‘zining zamonaviy tarixida ilk bora yirik xalqaro anjumanga mezbonlik qiladi. Bugun, 10 aprel kuni uncha katta bo‘lmagan shaharda "Katta ettilik" davlatlari tashqi ishlar vazirlarining uchrashuvi boshlanadi. Mazkur anjuman G7 davlat rahbarlarining may oyida Sisiliyada bo‘lajak sammiti oldidan tayyorgarlik vazifasini o‘taydi, deb yozadi "Kun.uz" nashri.

    Ushbu uchrashuvda xalqaro muammolarning barcha mavzusi — terrorizmga qarshi kurashdan KXDR yadro dasturigicha, Ukraina sharqidagi vaziyatdan tortib Liviya muammosigacha muhokama qilinadi.

    Dunyoning ettita etakchi iqtisodiyotlarining tashqi ishlar vazirlaridan tashqari yig‘ilishda EI tashqi siyosat va xavfsizlik masalalari bo‘yicha oliy komissari Federika Mogerini ham qatnashadi. Shu bilan birga, aytish joizki, jahon OAVning asosiy diqqat-e’tibori yaqinda vazifasiga kirishgan AQSh davlat kotibi Reks Tillersonga qaratiladi. U Lukkadagi sammit tugashi bilan rossiyalik hamkasbi Sergey Lavrov bilan muzokaralar o‘tkazish uchun Moskvaga yo‘l oladi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » G7 mamlakatlari TIV rahbarlari Italiyaning Lukka shahrida yig‘ilishadi