17:36 / 10.06.2017
9 864

Melanya Tramp Donald Trampga nisbatan xiyonatda gumon qilinmoqda

Melanya Tramp Donald Trampga nisbatan xiyonatda gumon qilinmoqda
Amerikalik yozuvchi Monika Birn o‘zining Twitter’iga AQSh prezidenti Donald Trampning rafiqasi Melanya Tramp ko‘p yillardan buyon unga xiyonat qilayotgani haqidagi xabarlarni joylashtirdi. Bu haqda “Life”ga tayanib Qalampir.uz sayti ma’lum qildi.

Monikaning aytishicha, Melanya Trump Tower’dagi “Tiffany's” zargarlik do‘koni qo‘riqlash xizmati boshlig‘i bilan ishqiy munosabatda ekan. Birnning taxminiga ko‘ra, aynan shu sababli birinchi xonim Vashingtonga ko‘chib o‘tishni xohlamayapti.

Bundan tashqari, yozuvchining so‘zlariga qaraganda, Donald Tramp xiyonat haqida biladi, er-xotin o‘rtasida esa kelishuv bor: ular Tramp prezident lavozimidan ketgunicha ajralishmaydi.

“Ularning o‘rtasida shartnoma bor edi (o‘ylashimcha, yozma): agar Donald Tramp saylovlarda yutqazsa, ular ajralishadi. Biroq u g‘olib bo‘ldi”, deya ma’lum qildi Birn.

Yozuvchi ma’lumot manbasini oshkor etmadi va bu xabar faqatgina mish-mish bo‘lishi mumkinligi, jurnalistlar buni aniqlashi kerakligini ta’kidladi.

Shu bilan birga Monika AQSh prezidenti oilasiga nisbatan salbiy munosabatda ekani va ular Oq uyni tark etishini xohlayotganini tan oldi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Melanya Tramp Donald Trampga nisbatan xiyonatda gumon qilinmoqda