14:05 / 07.08.2017
7 062

Fransiyada prezident rafiqasiga qarshi petisiya imzolandi

Fransiyada prezident rafiqasiga qarshi petisiya imzolandi
6 avgust kuni Fransiyaning 150 mingdan ziyod aholisi prezident Emmanuel Makronning rafiqasi Brijit Makronga qarshi petisiya imzoladi. Ular mamlakat prezidentining rafiqasi rasman Fransiyaning “birinchi xonim”i bo‘lishiga qarshi chiqmoqda. Bu haqda Qalampir.uz xabar bermoqda.

Emmanuel Makron saylovoldi kampaniyasi vaqtida agar saylovda g‘olib bo‘lsa, uning rafiqasi jamoatchilik bilan bir xil maqomda bo‘ladi va unga soliq to‘lovchilar mablag‘i hisobidan pul to‘lanmaydi, deb va’da bergan edi.

Nashrning xabar qilishicha, Brijit Makronga birinchi xonim maqomi berilishi borasidagi taklif Fransiya Milliy kengashiga ko‘rib chiqish uchun yuborilgan.

Bu harakatga qarshi kampaniyaning tashkilotchisi – Milliy tenglik jamoatchilik harakati boshchisi Terri Pol Valletning petisiya matnida keltirishicha, Brijit Makronning qo‘l ostida ikki yoki uch nafar yordamchisi, 2 kotibi va 2 nafar xavfsizlik xizmati xodimlari bor. Prezident rafiqasining davlat byudjetidan pul olishi uchun hech qanday sabab yo‘q, deyiladi petisiya xabarida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Fransiyada prezident rafiqasiga qarshi petisiya imzolandi