Yuventus Atletiko hujumchisi Sorloth uchun kurashga qo‘shildi

Madridning «Atletiko» klubi hujumchisi Aleksandr Sorloth «Yuventus»ning diqqat markaziga tushdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
30 yoshli norvegiyalik futbolchi «matraschilar»ning asosiy tarkibida doimiy o‘rin egallamagan va qishki transfer oynasida jamoasini o‘zgartirishi mumkin. Jurnalist Ekrem Konur xabariga ko‘ra, «qari sinyora» uni safiga qo‘shib olish variantini ko‘rib chiqmoqda. Sorlothga Turkiyaning «Fenerbahche» hamda Saudiya Arabistonining «Al-Hilol» klublari ham qiziqish bildirmoqda.
«Atletiko» rahbariyati hujumchini sotishdan taxminan 35 million yevro ishlab olishni mo‘ljallamoqda. «Yuventus» uchun esa futbolchining maosh borasidagi yuqori talablari muzokaralarda jiddiy to‘siqqa aylanishi mumkin. Joriy mavsumda Sorloth Diego Simeone jamoasi safida 22 uchrashuvda maydonga tushib, 5 gol urdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!