Venesuela prezidenti Nikolas Maduro neft narxlarini e’lon qilishda dollardan voz kechilganlik haqida xabar berdi. Buning o‘rniga mamlakat Xitoy milliy valyutasi - yuanga o‘tdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bunga AQSh prezidenti Donald Trampning "noqonuniy, asossiz va chaqiriq uyg‘otuvchi sanksiyalari" sabab bo‘lgan.
— Bizni majburlashdi. Biz o‘zimizni himoya qilishimiz kerak, — dedi Maduro Venezolana de television telekanali efirida.
Maduro Venesuela xalqaro hisob-kitoblarda yuan, yevro, iyena, rupiy va boshqa valyutalarni ishlatishi haqida o‘tgan haftada ma’lum qilgandi. Uning fikricha, bu "dollardan ozod bo‘lishga" yo‘naltirilgan harakatdir.
Avvalroq The Wall Street Journal nashri Venesuela neft savdosida dollardan voz kechgani haqida xabar bergandi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz"
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
Tbilisidagi namoyishlar: politsiya qalampir gazidan foydalandi
Ivan Boshkovich: "O‘yin vaqtidagi emotsiyalar normal holat"
Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi