Ertaga 2017 yil uchun Grin karta lotereyasi boshlanadi

  • 30 sentyabr 2015, 16:39
  • 10 583
  • Dunyo
  • Ertaga 2017 yil uchun Grin karta lotereyasi boshlanadi

    Ertaga, 1 oktyabr kuni AQShda yashash huquqini beruvchi Grin karta (Green Card) yutib olishga mo‘ljallangan DV-2017 lotereyasi boshlanadi. Immigrasion lotereyada ishtirok etish uchun murojaatnoma to‘ldirish muddati – 1 oktyabrdan 3 noyabrgacha.

    O‘tgan yilgi DV-2016 dasturida butun dunyodan ishtirok etganlardan 84 ming kishi yutib chiqdi. Shularning 5 ming nafari o‘zbekistonliklardir. Shundan kelib chiqqan holda, o‘zbekistonliklarda g‘olib bo‘lish imkoniyati juda yuqoriligini ta’kidlab o‘tish joizdir.
    Ushbu lotereya rasmiy bo‘lib, AQSh hukumati tomonidan bosh davlatlar bilan hamkorlikda yiliga bir marta o‘tkaziladi.

    Lotereya butun dunyo bo‘ylab minglab odamlarga oliy ma’lumotli mutaxassis bo‘lmay va hatto ingliz tilini mukammal bilmay turib Grin kartaga ega bo‘lish imkonini yaratadi, bu esa, o‘z navbatida, AQShda yashash va ishlash huquqini beradi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Ertaga 2017 yil uchun Grin karta lotereyasi boshlanadi