Turkiya bosh vaziri o‘rinbosari Bekir Bo‘zdog‘ AQShning Suriyadagi siyosatini tanqid qildi.
«AQSh PYD/YPG terrorchilarini (Kurdiston ishchilar partiyasining Suriyadagi qanoti) IShIDga qarshi kurash bahonasida qurollantirdi. Vashingtonning Suriyadagi yangi qadamlari strategik hamkori va ittifoqchisi hisoblanadigan Turkiya bilan do‘stonalikni ifodalamaydi», - degan vazir o‘rinbosari.
«AQSh IShIDga qarshi kurashda Turkiya bilan emas, PYD/YPG terrorchilari bilan hamkorlik qilib, olov bilan o‘ynashmoqda. Ular terrorchilarga minglab yuk mashinalarida qurol-yarog‘ yetkazib berishdi. AQSh Suriya chegarasida xavfsizlikni ta’minlash niqobi ostida terrorchilar armiyasini tuzdi», - deya davom etgan u.
Bundan avvalroq AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiya vakiliga asoslangan holda OAV Vashington Suriya chegaralarida 30 ming kishilik harbiy kontingent tashkil etayotgani haqida xabar tarqatgandi.
AQSh rejasiga ko‘ra, «chegara kuchlari»ning katta qismi YPG jangchilaridan tuziladi va Turkiya hamda Iroq bilan chegalarni nazorat qiladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi