Liberiyada Ebola virusi yuqishi bilan bog‘liq yangi holat qayd etildi

  • 20 noyabr 2015, 22:42
  • 4 318
  • Dunyo
  • Liberiyada keyingi bir necha oy mobaynida Ebola virusi bilan bog‘liq ilk kasallanish holati qayd etildi. «TASS» xabariga ko‘ra, jonlantirish markaziga 10 yoshli bola olib kelingan.

    Liberiyada Ebola virusi yuqishi bilan bog‘liq yangi holat qayd etildi

    Ebola isitmasi xuruji bundan salkam ikki yil avval boshlangan, so‘ng virus Serra-Leone va Liberiyaga tarqalgandi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, G‘arbiy Afrikada epidemiya boshlanganidan beri jahon bo‘yicha ushbu kasallikka chalinish bilan bog‘liq 28,6 mingta holat qayd etilgan, 11,3 mingdan ziyod kishi virus yuqishi oqibatida hayotdan ko‘z yumgan.

    Ma’lumot uchun, Liberiya hukumati 3 sentyabr kuni mamlakatda Ebola virusi tugatilganligini e’lon qilgandi.


    Manba: Daryo.uz

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Liberiyada Ebola virusi yuqishi bilan bog‘liq yangi holat qayd etildi