Buyuk Britaniya IShIDga zarba berish uchun 138 ta ko‘rinmas qiruvchi samolyotni xarid qiladi

  • 22 noyabr 2015, 10:45
  • 8 486
  • Dunyo
  • Buyuk Britaniya IShIDga zarba berish uchun 138 ta ko‘zga ko‘rinmas qiruvchi samolyotni xarid qiladi. Bu haqda «Exo Moskvi» mamlakat g‘aznachilik kansleri Jorj Osbornning The Sunday Times’ga bergan intervyusiga tayanib xabar beradi.

    Buyuk Britaniya IShIDga zarba berish uchun 138 ta ko‘rinmas qiruvchi samolyotni xarid qiladi

    Kanslerning so‘zlariga qaraganda, buning uchun 12 milliard funt sterling sarflanadi. Aynan qaysi modeldagi samolyotlar xarid qilinishi haqida ma’lum qilinmadi.

    Osbornning so‘zlariga ko‘ra, samolyotlar xaridi Buyuk Britaniya harbiy kuchini AQShdan keyingi o‘ringa olib chiqish hamda IShID va boshqa ekstremistik guruhlarga qarshi kurashish imkonini beradi.

    Nashrning ma’lum qilishicha, Buyuk Britaniya IShID marralari bo‘yicha ikki haftadan so‘ng aviahujumlarni amalga oshira oladi.


    Manba: Daryo.uz

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Buyuk Britaniya IShIDga zarba berish uchun 138 ta ko‘rinmas qiruvchi samolyotni xarid qiladi