12:02 / 17.03.2018
4 121

FTBdagi «ikkinchi shaxs» ishdan haydaldi

FTBdagi «ikkinchi shaxs» ishdan haydaldi
AQSh bosh prokurori Jeff Seshns FTB direktori o‘rinbosari Endryu Makkeybni egallab turgan lavozimidan ozod qildi. Bu haqda Kun.uz xabar bermoqda.

«Bosh inspektor hisoboti, FTB professional majburiyat bo‘limi dalillari hamda yuqori mansabli amaldorning tavsiyasi asosida, men Endryu Makkeybni egallab turgan lavozimidan darhol ozod etish haqida qaror qabul qildim», - deya xabar bergan Seshns.

Makkeyb AQSh prezidenti Donald Tramp tomonidan Demokratik partiya bilan o‘zaro aloqalari tufayli bir necha bor tanqid ostiga olingan edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakat bosh prokurori Jeff Seshnsni ishdan bo‘shatishni rejalashtirayotgani xabar berilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » FTBdagi «ikkinchi shaxs» ishdan haydaldi