11:26 / 02.05.2018
4 818

Musulmonni o‘ylantirgan savollar yoxud «Bu holat qachongacha davom etadi?»

Musulmonni o‘ylantirgan savollar yoxud «Bu holat qachongacha davom etadi?»
Bu suratlar sizga ham tanish. Kambag‘allik, nochorlik, qoloqlik, jaholat.. Bunday manzaralarni xohlagan musulmon mamlakatingizda ko‘rishingiz mumkin. Afg‘oniston, Iroq, Yaman, Bangladesh, Pokiston.. yana bu ro‘yxatni uzoq davom ettirish mumkin.

Nega bunday manzara aynan musulmon mamlakatlarda? Nega aynan poklikka, ilmga, tinchlikka, taraqqiyotga chaqiradigan din egalari yurtida? Nega bu dunyoda ham, u dunyoda ham saodatli hayot va’da qilgan Qur’on sohiblari o‘lkalarida?

Bu savollar sizni o‘ylantirmayaptimi? Fikringizni olmayaptimi? Ayanchli savollarni paydo qilmayaptimi?

Demak, biz - ajdodlari shonli tarixga ega musulmonlar qayerdadir adashmayapmizmi? Haq dinimiz ko‘rsatmalaridan og‘mayapmizmi? Uning tatbiqida yo‘ldan chiqmayapmizmi? Jihod deb da’vo qilayotganimiz, siyosat deb o‘ylayotganimiz holatlarda mutlaqo xato qilmayapmizmi? (Agar xato qilmaganimizda mamlakatlar xarob, xalqlar halok bo‘lmayotgan bo‘lardi!). Qiyomatga qadar insoniyat hidoyatiga garov - risolatni yetkazishda qadamimiz toymayaptimi?

Bu savollarga javob adashyapmiz, og‘yapmiz, chiqyapmiz va xato qilyapmiz shaklida bo‘lishi aniq. Ana shu savollarga to‘g‘ri javoblar topmas ekanmiz, ahvolimiz shunday davom etishi, balki bundanda battar bo‘lishi tayin.

Javoblar bu yerda yoqa bo‘g‘ishib sharhlar yozishda, g‘ala-g‘ovur ko‘tarib aqllilik qilishda emas, balki kitoblar qatida, ilm dargohlari bag‘rida va ulamolar o‘gitlarida mavjud. Shunday ekan, keling kitob o‘qiylik, ilm o‘rganaylik va ulamolar so‘ziga quloq tutaylik.

Najot mana shunda!
Mubashshir Ahmad

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Musulmonni o‘ylantirgan savollar yoxud «Bu holat qachongacha davom etadi?»