AQSHda og‘ir-bosiqligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi (foto)

2 daqiqa o'qish385
AQSHda og‘ir-bosiqligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi (foto)
AQSHda Uolli laqabli alligator g‘oyib bo‘ldi. Uning egasi Joi Henni ta’kidlashicha, uy hayvoniga aylanib ulgurgan alligator Jorjiya shtatining Bransuik shahriga sayohat vaqtida o‘g‘irlab ketilgan. Yirtqich hayvon noma’lum shaxslar tomonidan tabiatga qo‘yib yuborilgan, deya taxmin qilinmoqda, deb yozadi “Pravila jizni” nashri.
AQSHda og‘ir-bosiqligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi (foto)
Foto: Upworthy.com
Alligator Uolli ijtimoiy tarmoqlarda xotirjam fe’l-atvorli uy hayvoni sifatida nom olgan. U egasiga depressiya va saraton kasalligidan omon qolishda yordam berdi. Uolli insonlar bilan quchoqlashishni yaxshi ko‘rardi.

Aprel oyi oxirida Joi Henni Facebook'dagi “Uolli — insonlarni hissiy qo‘llab-quvvatlaydigan alligator” rasmiy guruhida post qoldirdi va unda jonivor do‘stini mehmonga ketganida o‘g‘irlab ketishganini ma’lum qildi. Afsuski, qidiruvlar hech qanday natija bermadi.
AQSHda og‘ir-bosiqligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi (foto)
Foto: Upworthy.com
Keyinroq ma’lum bo‘lishicha, AQSH Tabiiy resurslar vazirligi xodimlari Uolli va yana 20 ta alligatorni botqoqlikka qo‘yib yuborgan. Taxminlarga ko‘ra, bu hodisa Uolli o‘g‘irlab ketilgan kuni sodir bo‘lgan. Joi bundan xabar topgach, do‘stlari bilan botqoqlikka yetib keldi, ammo qidiruvlar befoyda edi. Tabiiy resurslar vazirligi xodimi Henniga aytganidek, endi Uollini topishning imkoni yo‘q.
AQSHda og‘ir-bosiqligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi (foto)
Foto: Pravila jizni
Joi Henni TikTok tarmog‘ida muxlislardan uning do‘stini qaytarib berishlarini yig‘lab so‘ragan videoni joylashtirdi. Alligatorlarni qutqarish bo‘yicha GatorBoys tashkiloti Henniga yordam berishga va’da berdi. GoFundMe platformasidagilar ham uni qo‘llab-quvvatladi.
AQSHda og‘ir-bosiqligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi (foto)
Foto: The Guardian
Alligator Uolli va Joi Henni do‘stligi tarixi

Ov va baliqchilik haqidagi shouning sobiq boshlovchisi Joi Henni 2015 yilda Uollini asrab oldi va alligatorga “Emotsional yordam beruvchi hayvon” (Emotional support animal) sifatida litsenziya berdi. Dastlab hayvon ko‘p narsadan qo‘rqqan, so‘ng tez orada uning xatti-harakati sudraluvchilarning odatiy xatti-harakatlaridan farq qilishini payqagan. Uolli quchoqlashishni, egasi bilan birga vaqt o‘tkazishni va u bilan beysbol o‘yinlariga borishni yaxshi ko‘rardi.
AQSHda og‘ir-bosiqligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi (foto)
Foto: NY Post
AQSHda og‘ir-bosiqligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi (foto)
Foto: NY Post
2019 yilda Joining uch nafar oila a’zosi va to‘rt do‘sti ikki hafta ichida vafot etdi. Alligator unga og‘ir depressiyani yengishga yordam berdi. 2022 yilda unga prostata saratoni tashxisi qo‘yilganda ham Uolli orqali shifo topdi. Alligator haqiqiy uy hayvonidek edi, u hech qachon atrofdagilarga tajovuzkorlik qilmagan va doim egasi bilan yaxshi munosabatda bo‘lgan.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?