
Futbol bo‘yicha U-23 Osiyo Kubogining 3-o‘rin uchun kechgan bahsida Iroq 2 may, payshanba kuni Indoneziyaga qarshi bahs olib bordi.
Uchrashuvning 19-daqiqasida Indoneziya futbolchisi Jenner hisobni ochdi. 27-daqiqada esa Taseyen hisobni tenglashtirdi. Birinchi bo‘lim durang natija bilan yakunlandi.
Ikkinchi bo‘limda ham jamoalar bir qancha xavfli hujumlarni uyushtirmasin, darvozalar daxlsiz qoldi.
Shu tariqa qo‘shimcha bo‘limlarga murojaat qilindi. 96-daqiqada Elaibi iroqliklarni hisobda oldinga olib chiqdi. Ushbu gol qo‘shimcha bo‘limlarda yagonaligicha qoldi va Iroqqa g‘alaba keltirdi.
Iroq musobaqada 3-o‘rinni egallab, Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Indoneziya esa 9 may sanasida Olimpiada yo‘llanmasi uchun Gvineyaga qarshi bahs olib boradi.
U-23 Osiyo Kubogi
3-o‘rin uchun bahs
Iroq U-23 — Indoneziya U-23 2:1
Gollar: Zaid Tahsin (27), Ali Yasim (96) — Ivar Jenner (19)
Iroq U-23: Husayn Hasan, Jozef Al Imom, Ahmad Maknazi, Zaid Tahsin, Ali Jasim, Bind Ozod, Nihad Muhammad, Muntadir Muhammad, Karrar Muhammad Ali, Mustafo Sadun, Rido Fadil.
Indoneziya U-23: Ari, Fahmi, Ferrari, Jenner, Ferdinan, Sulaymon, Habner, Struik, Arhan, Sroyer, Chjoe-A-On. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar