Ispaniya sudi tomonidan qariyb 3 ming yilga ozodlikdan mahrum qilingan ETA tashkilotining jangarisi Santi Potros ozodlikka chiqdi, deb xabar berdi Kun.uz. U 5 avgust kuni ertalab Topas qamoqxonasini tark etgan.
Potros qamoqxonada jami 31 yil o‘tirgan. U 40ta terrorchilik harakatiga, jumladan 1987 yilda Barselonadagi supermarketda amalga oshirilgan portlashga aloqador hisoblanadi. O‘shanda 21 kishi halok bo‘lgandi.
U o‘sha yili qurol va portlovchi moddalar saqlagani uchun ozodlikdan mahrum qilingan. 2000 yilda u Ispaniyaga ekstraditsiya qilingan va 11ta jinoyati uchun qariyb 3 ming yilga qamalgan.
Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudining Parot doktrinasini (muddatidan oldin ozodlikdan chiqish huquqini bermaslik) bekor qilish to‘g‘risidagi qaroriga binoan Potros 2014 yilda ozodlikka chiqarilgan, ammo 2015 yilda yana hibsga olingandi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi?
Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi
Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti
Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi
Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi
Kanchelskis O‘zbekiston va Qozog‘iston futbolini taqqosladi: "Ular juda oldinlab ketishgan"
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi