Eronning Ahvoz shahrida harbiy parad ishtirokchilariga hujum qilgan 4 nafar jangari yoʻq qilindi. Taʼkidlanishicha, jangarilar AQSH va Isroil razvedkalari bilan bogʻlangan boʻlgan. Bu haqda Eron qurolli kuchlari vakili Abulfazl Shakarchi maʼlum qilgan.
Uning maʼlum qilishicha, 3 terrorchi voqea joyida, yana bir nafari shifoxonada jon bergan.
Shakarchi jangarilar ISHID bilan bogʻlangani haqidagi xabarni rad etgan. Uning taʼkidlashicha, jangarilar Fors koʻrfazining yana ikki davlati tomonidan moliyalashtirilgan.
Ahvozdagi terakt 22 sentyabrda ertalab harbiy parad vaqtida sodir etilgan. Oxirgi maʼlumotlarga koʻra, jangarilarning parad ishtirokchilarini oʻqqa tutishi oqibatida 29 kishi halok boʻlgan, 53 kishi yaralangan.
IRNA axborot agentligining maʼlum qilishicha, otishmani tribuna ortida harbiy kiyimda boʻlgan 4 kishi amalga oshirgan. Otishma 10 daqiqa davom etgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?