Eron prezidenti Hasan Rohoniy Press TV telekanali efirida Eron amerika sanksiyalarini aylanib o‘tib, AQShni "pushaymon qildirishi" haqida bayonot qildi.
"Birlik va hamkorlikdagi hatti harakatlar bilan biz... sanksiyalarni aylanib o‘tamiz, biz AQShni pushaymon qilishga majbur etamiz, biz chet el investitsiyalarini mamlakatga jalb qilamiz... Biz iqtisodiy taraqqiyot yo‘lini yangilaymiz", - dedi Ruhoniy.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 5-noyabrdan AQShning Eronga qarshi e’lon qilgan sanksiyalari kuchga kirdi. Sanksiyalar neft eksporti sohasini qamrab oladi. Vashington eron nefti eksportini nolgacha oborish maqsadi haqida e’lon qilgan va barcha xaridorlarni Erondan neft olishdan voz kechishga chaqirgan.
AQSh prezidenti Donald Tramp may oyida Vashington Eron bilan yadro dasturi bo‘yicha bitimdan chiqayotganini e’lon qilgan edi. Tramp, shuningdek, Eronga qarshi sanksiyalarning barchasi, shu jumladan, ikkilamchilari, ya’ni Eron bilan biznes qiladigan mamlakatlarga qarshi sanksiyalar ham qayta tiklanishini e’lon qilgandi.
Kuni kecha AQSh Davlat kotibi Mayk Pompeo sanksiyalar ro‘yxatiga 600 dan ortiq alohida shaxslar va kompaniyalar kiritilgani haqida e’lon qildi. Ular bilan biznes qilishni davom etadiganlar AQShning ikkilamchi sanksiyalariga tushishlari xavfi mavjud. Pompeoning aytishicha, ushbu cheklovlar "eron rejimi hatti-harakatiga ta’sir ko‘rsatishi kerak". “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi