Amazon kompaniyasining muvaffaqiyati mijozlar haqida unutish va tin olish uchun sabab bo‘lmasligi lozim, dedi kompaniya rahbari Jeff Bezos xodimlar bilan suhbatda.
"Aslida, men bir kun kelib Amazon muvaffaqiyatsizlikka uchrashini aytmoqchiman. Amazon bankrot bo‘ladi. Agarda yirik kompaniyalarga nazar tashlasangiz, ularning umri 30 yildan sal oshadi, 100 yil emas", dedi Bezos.
Bezosning bu bayonoti kompaniyaning muvaffaqiyatga erishib turgan bir vaqtda g‘alati tuyuladi.
Keyingi sakkiz yil ichida Amazon xodimlari soni 20 baravarga ko‘paydi va 600 mingdan oshib ketdi. O‘tgan haftada kompaniya Nyu-York va Vashingtonda har birida 25 mingtadan ish o‘rni bo‘lgan ikkita shtab-kvartirasini ochishini e’lon qildi.
Shu yilning iyulida Jeff Bezos Bloomberg agentligining dunyoning eng boy kishilari ro‘yxatida 150 mlrd dollar boylik bilan birinchi o‘rinda joylashgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Prezident Mirziyoyev Moskva paradidagi ishtirokidan so‘ng Toshkentga qaytdi
O‘zbekiston muftiysiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Erdo‘g‘on: “Amaldagi konstitutsiya Turkiyaning demokratik tamoyillariga to‘g‘ri kelmaydi”
Si Szinpin Makronni omma oldida e’tibordan chetda qoldirdi
Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarda kvotalar qisqartiriladi
TikTok AQSH hukumatini sudga berdi
AQSH elchisi: “O‘zbekiston prezidenti aql bovar qilmaydigan ishlarni amalga oshirdi”