AQSh prezidenti Donald Tramp sobiq davlat kotibi Reks Tillersonni “po‘kak kabi axmoq va o‘ta dangasa” deb atadi. U bu haqda tvitterda ma’lum qildi.
Avvalroq Tillerson CBS telekanaliga intervyuda Trampni intizomsiz va juda qiziqqon deb atagan hamda turli idoralar tomonidan u uchun maxsus tayyorlangan hujjatlarni o‘qimaganlikda ayblagan. Sobiq davlat kotibining ta’kidlashicha, u bir necha marotaba Trampni qonunni buzishdan to‘xtatib qolgan.
“Mayk Pompeo yaxshi ishlamoqda, men u bilan faxrlanaman. Undan avvalgi Reks Tillerson kerakli aqliy qobiliyatlarga ega bo‘lmagan. U po‘kak kabi axmoq bo‘lgan va men undan iloji boricha tezroq xalos bo‘lishim kerak edi. U o‘ta dangasa bo‘lgan. Endi esa o‘yin umuman o‘zgacha bormoqda, davlat departamentida umuman boshqacha kayfiyat”, deb javob bergan Tramp Tillersonning tanqidiga.
Tillerson AQSh davlat kotibi lavozimini 2017 yil fevralidan 2018 yil martigacha egallagan. U iste’foga ketkazilgach, davlat kotibi lavozimiga Markaziy razvedka boshqarmasining sobiq direktori Mayk Pompeo tayinlangandi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda