15:04 / 22.12.2018
4 525

Yekaterinburgda millionlab dollar va yevrolardan Yangi yil archasi yasaldi

Yekaterinburgda millionlab dollar va yevrolardan Yangi yil archasi yasaldi
Rossiyaning Yekaterinburg shahridagi «Neyva» bankida umumiy qiymati 1,2 million dollar va 1,1 million yevrolik haqiqiy kupyuralardan iborat Yangi yil archasi o‘rnatildi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar berdi.

Bank boshqaruv raisi o‘rinbosarining ma’lum qilishicha, archa bankning qo‘riqlanadigan, ishonchli himoyalangan joyida joylashgan.

Noodatiy archa bank xodimlarining rahbariyat roziligi bilan qilingan jamoaviy tashabbusi hisoblanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yekaterinburgda millionlab dollar va yevrolardan Yangi yil archasi yasaldi