AQSh prezidenti Donald Tramp Pentagonga Afg‘onistondagi harbiylarni olib chiqish haqida farmoyish bermagan. Bu haqda AQSh Milliy xavfsizlik kengashi matbuot kotibi Garrett Markis Bloomberg muxbiriga ma’lumot berdi.
Afg‘onistondagi xalqaro harbiy kontingentga boshchilik qiluvchi general Skott Miller ham bunday buyruq olmaganini tasdiqlagan.
21 dekabr kuni Amerikadagi nashrlar 17 yil oldin Afg‘onistonga olib kirilgan amerikalik harbiylarning ortga qaytarilishi boshlanishi, Pentagon 2019 yilning yanvar oyida bu mamlakatdagi 14 ming nafar harbiydan 7 ming nafarini olib chiqishi haqida yozgandi.
Shu kuni AQSh Mudofaa vaziri Jeyms Mettis iste’foga chiqdi. OAV bu iste’foni vazirning Donald Tramp bilan harbiylarni Suriya va Afg‘onistondan ortga qaytarish g‘oyasi bo‘yicha hamfikr bo‘lmagani bilan bog‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, 19 dekabr kuni AQSh prezidenti Donald Tramp IShID ustidan to‘liq g‘alaba qozonilganini e’lon qilgan va amerikalik harbiylarga Suriyani tark etishga buyruq bergandi. Keyinroq u Suriyadagi jangarilar qoldiqlariga qarshi kurash Rossiya, Turkiya va Eron kabi mamlakatlar tomonidan olib borilishi kerakligini aytdi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Prezident Mirziyoyev Moskva paradidagi ishtirokidan so‘ng Toshkentga qaytdi
O‘zbekistonda Vengriya va Yevropa kompaniyalari uchun maxsus iqtisodiy zona ishga tushiriladi
Putin taktik yadro quroli bilan mashg‘ulot o‘tkazishni buyurdi. Bu nimani anglatadi?
The Ring: Naoya Inoue P4P reytingi yetakchisiga aylandi
Turk dunyosining umumiy alifbosi 2026 yilgacha shakllanishi mumkin
Fayzullayev Olimpiadada ishtirok etishi borasidagi savolga nima deb javob berdi?
BMT Isroilni xalqaro huquqning barcha normalarini buzganlikda aybladi