Donbassdagi jangovar harakatlar ishtirokchisi Vitaliy Averinning ma’lum qilishicha, mintaqadagi qurolli mojaroni faqat kuch uslubi bilan yakunlash mumkin. Bu haqda «Obozrevatel»ga asosan Kun.uz xabar bermoqda.
Uning ma’lum qilishicha, Ukraina hukumati Minsk kelishuvlari va sulhlardan voz kechishi kerak.
«Biz bu urushni allaqachon tugatishimiz kerak edi... variantlar ko‘p, masalan, shturm... Bu amalga oshadi! Bizning armiya kuchli», - dedi u.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukrainada Rossiya bilan urush ehtimoli baholangandi.
Ukraina tashqi razvedka faxriysi, general-leytenant Vasiliy Bogdanning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainadagi prezidentlik saylovlariga qadar davlatlar o‘rtasida hech qanday urush bo‘lmaydi, sababi Kreml mamlakat siyosiy vektori Yevropadan Rossiya tomonga o‘zgarishiga umid qilmoqda.
Shunga qaramay, general-leytenant hattoki saylovlardan so‘ng ham keng ko‘lamli urush yuz berishiga ishonmayapti. «[Rossiya prezidenti] Putin Ukraina oson o‘lja emasligini allaqachon anglab yetgan», - deya o‘z pozitsiyasini tushuntirdi mutaxassis. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi