00:12 / 27.01.2019
3 774

Yevroittifoq Guaydo hukumatini tan olishga tayyorligini bildirdi

Yevroittifoq Guaydo hukumatini tan olishga tayyorligini bildirdi
Agarda yaqin kunlar ichida Venesuelada prezident saylovi boʻlib oʻtishi haqida eʼlon qilinmasa, Yevropa ittifoqi milliy assambleya raisi Xuan Guaydoni mamlakatning vaqtinchalik prezidenti sifatida tan olishga tayyor, deyiladi Yevropa diplomatiyasi rahbari Federika Mogerinining bayonotida.

Qayd etilishicha, “oʻtgan yil may oyida Venesuelada boʻlib oʻtgan prezident saylovlarini erkin, adolatli va ishonchga loyiq deb hisoblab boʻlmaydi”.
“Mamlakatga zudlik bilan haqiqatan ham Venesuela aholisi irodasini ifoda etadigan hukumat kerak”, deyiladi bayonotda.

Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya va Ispaniyadan soʻng Niderlandiya ham sakkiz kun ichida Venesuelada prezident saylovi boʻlib oʻtishi eʼlon qilinmaydigan boʻlsa, Guaydoni mamlakatning vaqtinchalik prezidenti deb tan olishini maʼlum qilgandi.

Ayni paytgacha AQSH, Braziliya, Kanada, Argentina, Chili, Kolumbiya, Kosta-Rika, Gvatemala, Honduras, Panama, Paragvay, Peru, Gruziya, Albaniya va qator davlatlar Guaydoni vaqtinchalik davlat rahbari deb tan oldi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yevroittifoq Guaydo hukumatini tan olishga tayyorligini bildirdi