20:46 / 10.03.2019
4 410

Konor Makgregor jamoat ishlarini bajardi (video)

Konor Makgregor jamoat ishlarini bajardi (video)
UFCʻning sobiq chempioni, irlandiyalik jangchi Konor Makgregor UFC 223 musobaqasi oldidan yakkakurash jangchilari ketayotgan avtobusga hujum qilishi ishi boʻyicha Bruklin sudi chiqargan jazo hukmiga binoan Bruklindagi ikki cherkovda jamoat ishlarini bajarishga jalb qilindi. Bu haqda Kun.uz nashri maʼlum qildi.

Sportchi cherkovlarda 5 kun mehnat qilgan. Taniqli sportchining ish sharoiti muxlislari va matbuot tomonidan ortiqcha eʼtibor jalb qilmaydigan qilib tashkillashtirilgan.
Jamoat ishlaridan tashqari, ruhoniy Makgregor bilan suhbat oʻtkazgan.

Irlandiyalik jangchi jamoasining 20 aʼzosi bilan 2018 yil aprelda UFC223 ishtirokchilari avtobusiga hujum qilgan. Sud bu ish boʻyicha unga jamoat ishlarida 5 kun mehnat qilish hukmini chiqargan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Konor Makgregor jamoat ishlarini bajardi (video)