Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko mamlakatning yangi prezidenti Vladimir Zelenskiyga qo‘ng‘iroq qilib, uni saylovlarning rasmiy natijalari bilan tabriklagani hamda u bilan yaqin orada uchrashishga kelishib olganini ma’lum qildi.
30 aprelda Ukraina markaziy saylov komissiyasi Zelenskiyni prezident saylovlari g‘olibi deb e’lon qildi. Rasmiy natijalarga ko‘ra, Zelenskiy saylovlarda 73,22 foiz ovoz, Poroshenko esa 3 marta kam – 24,45 foiz ovoz to‘plagan.
“Amaldagi prezident sifatida hozirgina Vladimir Zelenskiyga qo‘ng‘iroq qildim va uni saylovlarning rasmiy natijalari bilan tabrikladim. Hozir Kreml bosib olgan hududlarida pasport tarqatish bilan Ukrainaga qarshi gibrid urushining yangi bosqichini amalga oshirayotgan bir vaqtda biz barcha hamkorlarimizga yagona ukrain pozitsiyasini namoyish qilishimiz lozim”, deb aytgan Poroshenko Facebook’da e’lon qilgan videomurojaatida.
Poroshenko Ukraina prezidenti lavozimidagi oxirgi haftalarni Rossiyaga qarshi sanksiyalarni qat’iylashtirishga bag‘ishlashini qo‘shimcha qilgan.
“Biroq bu muammoni hal qilishni davom ettirish va yakunlash endi yangi prezidentning javobgarligidadir. Shu sababli biz sa’y-harakatlarimizni muvofiqlashtirishimiz kerak, deb hisoblayman. Vladimir Zelenskiy va men telefon muloqoti davomida yaqin orada uchrashishga kelishib oldik. Saylovlardagi raqobatchilik endi o‘tmishda qoldi”, deb qo‘shimcha qilgan Poroshenko. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi