Qrimning janubidagi Quyi Oreandda sobiq ittifoqning 1-raqamli davlat dachasi sotildi. Bu dala hovli Qrim Rossiya tarkibiga kirgandan keyin mahalliy hokimiyat tomonidan milliylashtirilgandi.
Dala hovli 1,2 mlrd rublga sotilgan. Bu haqda Qrimning mulkiy va yer munosabatlari vaziri Anna Anyuxina ma’lum qildi. U ob’ekt Rossiyaning yuridik shaxsi tomonidan xarid qilinganini aytgan, biroq bu qanday kompaniya ekanligiga aniqlik kiritmagan.
Ushbu dala hovli 1955 yilda qurilgan va sobiq ittifoq rahbarlaridan biri – Leonid Brejnevning yarimoroldagi eng sevimli dam olish joylaridan biriga aylangan.
Ukrainada Leonid Kuchma prezident bo‘lgan vaqtda dala hovli oliy rada tasarrufidan Ukraina soliq ma’muriyati balansiga o‘tkazilgan va “Glitsiniya” sihatgohi deb atala boshlangan.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?