Foto: Reuters
AQSh Kongressi Razvedka qo‘mitasi raisi Adam Shiffning ma’lum qilishicha, Kongress Donald Trampning Rossiya prezidenti Vladimir Putin va boshqa davlatlarning yetakchilari bilan telefon suhbatini qo‘lga kiritishga qat’iy qaror qilgan. Bu haqda NBC telekanaliga tayanib, Daryo xabar berdi.
Qo‘mita rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Tramp suhbatlar chog‘ida AQSh milliy xavfsizligini tahdid ostiga qo‘ygan bo‘lishi mumkin. Bu turdagi shubha Trampning Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan telefon suhbati stenogrammasi e’lon qilingach, yuzaga keldi.
«O‘ylashimcha, birinchi o‘rinda Qo‘shma Shtatlar xavfsizligi turadi va prezident o‘z kampaniyasining foydasi uchun boshqa mamlakatlar yetakchilari, xususan, Putin bilan suhbat davomida xavfsizligimizga putur yetkazgan yoki yetkazmaganini aniqlash lozim», — deydi Shiff.
Eslatib o‘tamiz, AQSh Vakillar palatasining prezident Donald Trampga qarshi impichment jarayonini boshlash qarorini amerikaliklarning 47 foizi qo‘llab-quvvatlamoqda.
28 sentyabr kuni The New York Times gazetasi Oq uy Trampning boshqa mamlakatlar rahbarlari bilan suhbati protokolining e’lon qilinishini qat’iy cheklagani haqida xabar bergan edi. Endilikda Trampning suhbatlari maxfiy kompyuter tizimida saqlanmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi