09:35 / 08.10.2019
2 980

Aktyor Jim Kerri Zelenskiy va Trampga karikatura ishladi

Aktyor Jim Kerri Zelenskiy va Trampga karikatura ishladi
Gollivudlik komik aktyor Jim Kerri Ukraina prezidenti va AQSh prezidenti Donald Trampning iyuldagi suhbatiga o‘zi chizgan karikaturani e’lon qildi. Kerri bu haqda tvitterda ma’lum qildi.

“Firibgarlik otasi Zelenskiyga “voz kechib bo‘lmaydigan taklif bildirdi”, deb izoh qoldirgan aktyor suratga.
Kerri shu tariqa Trampning suhbat davomida Zelenskiyga bosim o‘tkazishga urinishini hajviy tarzda ko‘rsatmoqchi bo‘lgan.

Jim suratga yozuvchi Mario Pyuzoning mafiya haqidagi “Cho‘qintirgan ota” romani syujetiga havola hisoblanadigan istehzoli matnni joylashtirgan. Unda shunday deyiladi: “Qachondir va bu kun hech qachon kelmasligi ham mumkin, sendan menga iltifot ko‘rsatishingni so‘rashim mumkin. Biroq ungacha, qizimning to‘yi kuni harbiy yordam ko‘rinishidagi bu sovg‘amni qabul qil”.

Kerrining bu posti bir kundan kamroq vaqt ichida 2 mingdan ko‘proq retvit va 13 mingdan ko‘proq layk to‘plagan.

Gap shundaki, Tramp Zelenskiy bilan suhbati vaqtida go‘yoki hamkasbidan AQShning sobiq vitse-prezidenti Jo Baydenning o‘g‘liga nisbatan uning Ukrainadagi faoliyati bo‘yicha tergov o‘tkazishni so‘ragan, aks holda Kiyevga harbiy yordam ko‘rsatilmasligi mumkinligidan ogohlantirgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Aktyor Jim Kerri Zelenskiy va Trampga karikatura ishladi